Oʻzbekiston xorijiy OAV nigohida

0
240
marta koʻrilgan.
 «The New York Times»: “Oʻzbekiston oʻz eshiklarini ochmoqda”

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan va uning rahbarligida Oʻzbekistonning barcha sohalarida amalga oshirilgan tub oʻzgarishlar jahon hamjamiyatida katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijiy OAV va internet-nashrlarda eʼlon qilingan koʻplab maqolalar shundan dalolat beryapti, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

AQSHning «The New York Times» nashri 2017 yil 27 noyabr kuni “Oʻzbekiston oʻz eshiklarini ochmoqda” sarlavhali maqola eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagani taʼkidlangan.

Jahon banki 2017 yilda Oʻzbekiston biznes yuritish sharoitlarni sezilarli darajada yengillashtirgan oʻnta davlat qatoriga kirgani haqida xabar berib, korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr taʼminoti tizimiga ulash sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni qayd etdi.

Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan Doing Business reytingida Oʻzbekiston 190 mamlakat ichida 74-oʻrinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.

Sputnik: Shavkat Mirziyoyevning yangicha siyosati​

Mamlakatni isloh qilishning asosiy boʻgʻini davlat organlarining faoliyatini yangi andozalar boʻyicha qayta koʻrib chiqishdan iborat, deb taʼkidlaydi «Sputnik” nashri, buning uchun “Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunni ishlab chiqish taklif etildi. Boʻlajak yangilanishlarning asosiy mazmuni – iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsirni kamaytirish va bozor iqtisodiyoti mexanizmlaridan keng foydalanish.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun Prezident Qonun va meʼyoriy hujjatlar ijodkorligini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, turli dasturlar ijrosini taʼminlashda qonunlar qabul qilish amaliyotini qayta koʻrib chiqish tashabbusini ilgari surdi, fuqarolarning jamoaviy elektron murojaatlarini qabul qilish uchun “Mening fikrim” degan maxsus elektron portal ochishdek qiziqarli gʻoyani taklif etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.