Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Singapur xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor boʻlishdi

0
128
marta koʻrilgan.

Singapurda tashkil etilgan Xalqaro matematika olimpiadasida (Singapore International Math Olympiad Challenge) mamlakatimiz oʻquvchilari sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar beradi.

Ushbu Xalqaro matematika olimpiadasida Bolgariya, Vetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Kamboja, Xitoy, Laos, Malayziya, Moʻgʻuliston, Myanma, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, AQSH, Tailand, Oʻzbekiston va Filippin mamlakatlaridan mingdan ziyod oʻquvchi ishtirok etdi.
Mazkur olimpiadada Toshkent shahrining «Lider» va «Genesis» hamda 50-, 159-, 71-maktablaridan 24 nafar oʻquvchi qatnashdi. 
Tanlovning saralash bosqichlarida ishtirokchilar matematik muammo va jumboqlarni yechishdi. Olimpiadaning final bosqichida  gʻoliblar aniqlandi.
Musobaqa natijalariga koʻra, mamlakatimiz vakillariga bitta oltin (S.Hojjaboeva), beshta kumush (N.Ahmadxodjaev, A.Aripov, R.Halperin, B.Zakirov, A.egamberdiev) va oltita bronza (S.Rahmatullaeva, A.Aripov , N.Kan, Sh.Husnulin, V.Galperin, M.Rahmonberdiyev) medallari topshirildi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Oʻzbekiston, Vetnam, Kamboja, Tailand va boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbar hamda vakillari ishtirok etdi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.