Avstriya barcha qoʻshni davlatlar uchun koronavirus bilan bogʻliq chegara postlardagi cheklovlarni bekor qiladi, Italiya bundan mustasno
Angela Merkel pandemiyadan soʻng Germaniya iqtisodiyotini tiklashni tezlashtirish uchun moʻljallangan 130 milliard yevro miqdoridagi ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlarning yangi paketini maʼlum qildi. QQS vaqtincha qisqartiriladi, oilalar har bir farzand uchun 300 yevro olishadi.
Germaniya ham 15 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Shengen hududi va Buyuk Britaniya uchun turizm cheklovlarini bekor qiladi
Mumbay qirgʻoqlarida yuz bergan dovul sabab Hindistonning gʻarbiy shtatalaridagi sohilboʻyi hududlaridan evakuatsiya qilingan 100 000 dan ortiq odam orasidan koronavirus kasalligi aniqlandi.
Prezident Donald Tramp tomonidan tavsiya etilgan bezgakka qarshi dori Gidroksixloroxin)ning patogenga qarshi himoya salohiyati ilmiy jihatdan batafsil oʻrganilganda, bemorlarni mutlaqo himoya qila olmasligi aniqlandi.
Sergey Sobyanin Moskva koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun taxminan 250 milliard rubl sarflashini, shuningdek, Rossiya poytaxtida 2020 yil daromadlaridan 500 milliard rubl kamayishini maʼlum qildi.
Ispaniya hukumati pandemiyaga qarshi kurashda joriy qilingan favqulodda holatni oxirgi marta uzaytirish uchun paralament koʻmagini taʼminlashga soʻz berdi.
Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqaruvchisi 8 iyundan boshlab xorijiy aviakompaniyalar uchun Xitoyga xalqaro parvozlarni amalga oshirishilari mumkinligini maʼlum qildi.