Martin Chungong: gender tenglik borasida qilinayotgan ishlarni Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarga ham targʻib etishi lozim.
– Ushbu juda muhim tadbirda biz birinchi marta Markaziy Osiyodagi eng dolzarb masalalarni muhokama qildik. Menimcha bu Oʻzbekistonda gender tenglik tan olinishining yorqin isboti.
Urshka Klakochar Zupanchich: men birinchi marta Oʻzbekistonga keldim, hammasi juda ajoyib!
– Men birinchi marta Oʻzbekistonga keldim, hammasi juda ajoyib! Ayniqsa bunday sammitda ishtirok etish, unda ayollarning jamiyatdagi roli haqida suhbatlashish, ularning ham siyosiy, ham jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish borasida birgalikda harakat qilish uchun juda muhim. Chunki ayollarning imkoniyatlari erkaklarnikidan farqli.
Favziya Zaynal: sammit siyosatda, jamiyatda faol boʻlgan butun dunyo xotin-qizlari oʻzaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun muhim platforma boʻldi.
– Toshkentda ilk bor oʻtkazilayotgan bu sammitga juda ajoyib tayyorgarlik koʻrilganligini, mehmonlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning yuksak darajada ekanligini alohida eʼtirof etishni istardim. Buning uchun anjumanga mezbonlik qilgan Oʻzbekiston davlati, Oliy Majlis Senati vakillariga chin dildan minnatdorchilik bildiraman.
Tanzila Norboyeva kanalidan