Putin uchrashuv natijalariga izoh berar ekan, Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qurollangan muxolifat va hukumat qoʻshinlari toʻqnashish chizigʻi boʻylab konfliktsiz hudud tashkil etishga kelishib olganini maʼlum qilgan.
Putinning taʼkiddlashicha, ushbu hudud eni 15-20 kmga choʻzilgan boʻlib, u 15 oktyabrda tashkil etiladi. Hududni Turkiya qurolli kuchlari boʻlinmalarining harakatchan patrul guruhlari va Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qiladi.
Erdoʻgʻanning taklifiga koʻra, ushbu hududdan 10 oktyabrgacha ogʻir texnika, tanklar, yoppasiga oʻt ochish reaktiv tizimlari, barcha muxolif guruhlarning qurol-aslahasi va minomyotlari olib chiqiladi.
Putin tez fursatlarda Suriyada konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini taʼminlashga chaqirdi. Rossiya prezidenti, shuningdek, yaqin orada Idlibdagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtishini maʼlum qilgan.