Qozogʻiston filmi “Oskar” mukofotining ehtimoliy roʻyxatiga kiritildi

0
160
marta koʻrilgan.
Sergey Dvorsevoyning “Ayka” filmi “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi boʻyicha “Oskar” mukofotining short-list (ehtimoliy roʻyxati)ga kiritildi. Bu haqda tashkilotchilarga tayangan holda Ria Novosti xabar berdi.
 
Taʼkidlanishicha, “Ayka” Qozogʻiston tomonidan taqdim qilindi. Bu nominatsiya uchun Alfonso Kuaron tomonidan suratga olingan Meksikaning “Rim” filmi, Kann kinofestivalining “Oltin zaytun yaprogʻi” sohibi yaponiyalik kinorejissyor Xirokadzu Koreedning “Doʻkon oʻgʻrilari” kartinasi, Polshalik rejissyor Pavel Pavlikovskiyning “Sovuq urush” filmi, Livanning “Kapernaum” lentasi, nemislarning Never Look Away, Daniyaning “Aybdor” filmi va KolumbiyaningBirds of Passage filmi daʼvogarlik qilmoqda.
 
AQSH kinoakademiyasi mukofotining besh nafar nominanti 22 yanvar kuni eʼlon qilinadi. “Oskar” mukofoti 24 fevral kuni topshiriladi.
 
“Ayka” filmi yosh migrant ayolning taqdiri haqida hikoya qiladi. U Moskvada norasmiy yashaydi va ishlaydi. Istalmagan homiladorlik tufayli u bolasini tugʻriqxonaga tashlab ketadi. Ammo vaqt oʻtishi bilan onalik mehri ustun keladi va Ayka tashlab ketgan farzandini qidira boshlaydi. Kartinada bosh rolni Samal Yeslyamova ijro etgan.
 
Film 2018 yilda 71-Kann xalqaro kinofestivalining asosiy konkursida ishtirok etdi va eng yaxshi ayol roli uchun mukofot oldi.
 
OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.