Rajesh Nair: Oʻzbekiston men koʻrgan eng xavfsiz mamlakatlardan biri

0
182
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonning milliy brendi konsepsiyasini ishlab chiqish doirasida AOKA «Oʻzbekiston xorijliklar nigohida» — «Perceptions of Uzbekistan through the eyes of foreigners»  loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Loyiha doirasida Oʻzbekistonda uzoq vaqtdan buyon yashayotgan xorijiy mehmonlarni taklif etiladi, ular Oʻzbekistonni qanday tassavur qilishlari, yashash uchun yaratilgan sharoitlar hamda  kelajakda mamlakatda koʻrishni istayotgan oʻzgarishlar haqida suhbatlashiladi.

Loyihaning birinchi mehmoni faol hayot tarzi targʻibotchisi, velosipedchi, 50dan ortiq davlatlarda boʻlgan Rajesh Nair (Rajesh Nair) boʻldi. U yurtimizda 2019 yilning noyabridan buyon yashamoqda.

 Intervyudan lavhalar:  «Oʻzbekistonda juda koʻp mehribon va mehmondoʻst odamlarni uchratdim. Oʻzimni qadrli mehmondek his etdim, bu ajoyib mamlakat madaniyatidan bahra oldim. Men oʻzimni xuddi uyimdagidek his etyapman. Menga bu yerda yashash yoqadi».

 «Oʻzbekiston men koʻrgan eng xavfsiz mamlakatlardan biri».

 «Oʻzbekiston xalqi oʻzi va oʻz yurtidan faxrlansa arziydi».

 «Mamlakatingiz faol turizmni rivojlantirish uchun katta potensialga ega».

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.