Saudiya Arabistoni Podshohi «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi

0
175
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatimizning yuksak mukofoti – «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maʼlumki, bu orden yaqinda, Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 15 avgustdagi qonuniga muvofiq taʼsis etildi. U bilan ilm-maʼrifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini oʻrganish va keng targʻib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.

Salmon bin Abdulaziz ushbu mukofotga sazovor boʻlgan birinchi inson boʻldi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here