Saxovat auksioni: Yaponiya hukumati  8 millionta uyni arzon-garov tarqatishga qaror qildi

0
122
marta koʻrilgan.

Uylar tarqatilishining sababi nimada?

2018 yil noyabrda Yaponiya hukumati mamlakatdagi tashlandiq uylarni qisqartirish dasturini amalga oshirishni boshladi. Buning uchun hukumat bu uylarni arzon narxda sotuvga qoʻyishga yoki bepul berishga qaror qildi. 

2013 yilgi hisobotdagi maʼlumotlarga koʻra, Yaponiyada 8 millionga yaqin tashlandiq uylar (akiya) mavjud va ularning soni oʻsib bormoqda. Bu uylarning koʻpayishiga sabab tabiiy ofatlar, aholining qarib borayotgani va irimlardir.

Bundan tashqari, yosh yaponlar egasi keksayib vafot etgan, oʻzini oʻldirgan yoki qotillik sodir boʻlgan uylarda yashashni istashmaydi – bu yomon alomat hisoblanadi. Mamlakatda hattoki, “oʻtmishi toza” uylar haqida maʼlumot beruvchi maxsus sayt ham faoliyat koʻrsatadi.  

Nomura tadqiqot institutining taxminiga koʻra, 2033 yilga kelib, tashlandiq uylar soni 21,7 milliontaga yetadi: bu Yaponiyadagi barcha uylarning 30% idir. Tadqiqotchilar agarda bu holat davom etadigan boʻlsa, hukumat yangi uylar qurilishini cheklashiga toʻgʻri keladi deb hisoblashmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.