Shanxay hamkorlik tashkiloti Xotin-qizlar forumi

0
369
marta koʻrilgan.

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi va uning doirasida ilk bor tadbirkor ayollar Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Forumda (https://senat.uz/uz/lists/view/4753) xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga samarali koʻmaklashish, barcha sohalarda huquqlarini taʼminlashga oid masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ShHTga aʼzo davlatlar tadbirkor ayollarining ilk bor tashkil etilgan anjumani ayollar biznesi koʻlamini yanada kengaytirish, tadbirkorlik sohasida oʻzaro tajriba almashish, turli sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim maydonga aylandi.

B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida umumiy qiymati 100 million dollardan ortiq boʻlgan 35 ta import va eksport shartnomalari, shu bilan birga 35 million dollarlik memorandum imzolandi (https://senat.uz/uz/lists/view/4754). Forum yakunida ishtirokchilar gender tengligini taʼminlash va davlat boshqaruvida ayollarning rolini oshirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qoʻshma kommyunike qabul qildilar.

Ishonchim komilki, bunday yuksak darajada oʻtkaziladigan uchrashuvlar har bir davlat tajribasini boyitish, shuningdek, butun mintaqada xotin-qizlar farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Manbaa: @tanzilanarbaeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.