Pandemiya boshlangandan buyon dunyo miqyosida 11,7 milliondan ortiq aholida kornavirus infeksiyasi aniqlangan. Virusdan zararlanish oqibatlari va kelib chiqqan kasalliklar tufayli 540 mingdan ziyod odam hayotdan koʻz yumdi, 6,6 million nafar bemor sogʻaydi.
Jahon banki va Xalkaro valyuta jamgʻarmasi koronavirus pandemiyasi sababli oktyabr oyida har yilgi kuzgi uchrashuvlarini onlayn tarzda oʻtkazadi.
Avstraliyaning ikkinchi yirik shahri Melburn maʼmuriyati koronavirus infeksiyasining yangi rekord darajada oʻsishi tufayli fuqarolarni 6 hafta davomida izolyasiya qilish boʻyicha karantin choralarini qayta tikladi.
Tojikistonda COVID-19 tarqalishini kamaytirish maqsadida masofaviy toʻlov xizmatiga oʻtilmoqda.
Ozarbayjon hukumati umumiy ovqatlanish joylarida ijtimoiy masofalanish tartibini tasdiqladi.
Bolgariyada koronavirus sababli favqulodda holat rejimi iyul oyining soʻngiga qadar uzaytirildi.
Hindiston COVID-19 dan zararlanganlar soni boʻyicha Rossiyadan oʻzib ketdi.
Buyuk Britaniya Milliy Fanlar akademiyasi prezidentining soʻzlariga koʻra, koronavirusni yengish uchun har kim uydan chiqishda niqob taqishi kerak. Buyuk Britaniya niqobdan foydalanishda koʻplab davlatlardan «ortda qolmoqda».
Pekin koronavirusning yangi holatlari mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlum qildi. Xitoy 6 iyul kuni koronavirusning 8 ta yangi holatini maʼlum qilgandi. Barcha holatlar chet eldan tashrif buyurganlar orasida aniqlangan.
Isroilda COVID-19 yangi holatlarining keskin ortishi natijasida iqtisodiyotga chuqur taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qatʼiy choralarning oldini olish maqsadida, baʼzi cheklovlar qayta joriy qilindi. Barlar, tungi klublar, sport zallari va tadbir zallari yopildi.
Manbaa:@aoka_uz