Ummon Sultonligidagi Sulton Qobus nomidagi universitetda Oʻzbekistondan oʻn besh nafar professor – oʻqituvchi malaka oshirmoqda.
Sulton Qobus nomidagi boshqa tillarda soʻzlashuvchilar uchun arab tilini oʻrgatish universiteti arab tili oʻqituvchilarining yangi guruhini qabul qildi,
Ular tarkibida 14 mamlakatdan vakillar bor. Jumladan, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belgiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Belarus, Oʻzbekiston, Janubiy Koreya, Salvador, Hindiston, Eron, Avstraliya va Qozogʻiston kabi mamlakatlardan 47 nafar talaba arab tili boʻyicha oʻz malakasini oshirmoqda.
Ushbu kurs dasturidan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida arab tilida soʻzlashuvchi va arab tilidan dars beruvchi muallimlar jumladan, Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasidan 15 nafar professor – oʻqituvchi oʻz malakasini oshirmoqda.
Kurs dasturinng dastlabki kunida professor-oʻqituvchilar Sulton Qobus nomidagi universitet binolari, maʼmuriyati, faoliyati va ularga taqdim etilayotgan xizmatlar bilan tanishdilar. Malaka oshirishga kelganlar uchun tayyorlangan madaniy dasturni tomosha qildidar. Shuningdek, Ummon Sultonligi va uning taraqqiyoti, madaniyati, qadriyatlari va arab tilini oʻrgatadigan hudud-u maskanlari haqida batafsil koʻrgazmali taqdimot ham boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda oʻqish paytida ularga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishda yordam beradigan maslahatlar ham berildi. Koʻplab tadbirlar, maʼruzalar, madaniy kechalar, turli tarixiy va manzarali joylarga tashriflar, maʼrifiy sayohatlar davomida mahalliy hamjamiyat bilan muloqatlar yaratilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, arab hattotlik darslari, badiiy mahorat darslari va lingvistik mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladigan asosiy dastur ham mavjudligi taʼkidlandi. Arab tili oʻqituvchilarini ikkinchi tilni oʻzlashtirish nazariyalari bilan tanishtirish, xorijiy tillarni oʻrgatish va oʻqitish usullari, boshqa tilda soʻzlashuvchilarga arab tilini oʻrgatish boʻyicha koʻrsatmalar, til elementlari va koʻnikmalarini oʻrgatish, arab tili usullari va oʻquv dasturlari va eng yaxshi oʻqitish strategiyalari, shuningdek, imtihonga tayyorgarlik, kalendar soʻrovlari, munozaralar, dialoglar, amaliy mashgʻulotlar, mini-darslar, institutda darslarga va ekskursiyalarga qatnashish borasida muloqatlar oʻtkazildi.
Tanishuv ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Sulton Qobus nomidagi universitet nashridan Nodira SAʼDULLAYEVA tarjimasi