Suriya lagerlaridagi tutqinlarning  80 foizidan ortigʻi – ayollar va bolalar

0
421
marta koʻrilgan.

Foreign Affairs nashrida yozilishicha, ayni paytda Suriyadagi lagerlarda 59 davlat fuqarolari saqlanmoqda. Umumiy hisobda 60 mingdan ortiq kishi boʻlib, ularning 80 foizidan ortigʻini — ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.

Qochqinlar lagerlaridagi bolalarning qashshoqlik va zulm ostida qolayotgani ularni jamiyatdan uzoqlashishiga olib kelishi va terrorchi guruhlarga yollash uchun nishonga aylantirilishi taʼkidlanadi.

BMT maxsus maʼruzachisi Fionnuala Ni Aoleynning taʼkidlashicha, ularning vatanlariga qaytishlari taraqqiyot yutugʻidir. Shu bilan birga, Oʻzbekistonning oʻz fuqarolarini repatriatsiya qilish, ularni keyinchalik jamiyatga integratsiyalash borasidagi saʼy-harakatlari yuksak baholanmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, toʻsiq va qiyinchiliklarga qaramay, Oʻzbekiston Suriya va Iroqdan 500 dan ortiq fuqarolarini Vataniga qaytarish orqali ulkan qadam tashladi.

Manbaa: jurnalistlar.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.