Afgʻonistonda 2018 yilda tinch aholi orasida qurbonlar soni ortdi

0
236
marta koʻrilgan.

Tinchlik – oliy neʼmat! Yurt tinchligi  kishilarning baxtiyor hayotini, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy  taraqqiyotini taʼminlaydigan omildir. Tinchlikni barcha xalqlar istaydi va shunga intiladi. Afsuski, barcha davlatlar ham ushbu  osoyishta, osuda  hayotga erisha olmayapti.

BMT maʼlumotiga koʻra,  2018 yilda Afgʻonistonda tinch aholi orasida qurbonlar soni ortgan.  «Ushbu mamlakatdagi doimiy ravishda davom etayotgan siyosiy-diniy ixtiloflar natijasida oʻtgan  yili tinch aholi orasida qurbonlar soni rekord darajaga yetdi, deb hisobot beriladi BMTning Afgʻonistondagi Yordam missiyasi (UNAMA) saytida. BMT 2009 yildan beri ushbu mamlakatdagi qurbonlar va talofotlarni muntazam qayd etib keladi.

Oʻtgan yili mamlakatda 3804 nafar tinch fuqaro halok boʻlgan, ulardan 927 nafari  bolalar boʻlib, bu  2017 yilga nisbatan 11 foizga koʻpdir. Yana yetti ming bir yuz sakson toʻqqiz nafar  kishi esa turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Surat BMTning Afgʻonistondagi Yordam missiyasi saytidan olindi.

Oydin SADULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.