Muammo: Toj Mahalga nima boʻlyapti?  

0
305
marta koʻrilgan.

Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid afsonaviy Toj Mahalning
oq marmar devorlari keyingi vaqtlarda oʻzining asl rangini oʻzgartira boshladi. Uning och sariq va yashil  tusga kirayotgani, shuningdek, unda jigarrang dolar paydo blayotgani kuzatilmoqda.

Atrof-muhitni himoya qilish mutaxassislari havoning haddan tashqari ifloslanishini bunga sabab sifatida krsatyaptilar. Natijada betakror tarixiy obidani muhofaza qilish masalasi yuridik tus oldi. Hindiston Oliy Sudi hukumatni insoniyatning bu bebaho madaniy merosini asrashga chaqirdi va tegishli xalqaro tashkilotlarga muammoni hal qilish yuzasidan yordam soʻrash kerakligi haqida qaror chiqardi.

Eslatib oʻtamiz, Toj Mahal Hindistonning Agra shaxridagi Jamna daryosi qirgʻogʻida 17- asrda (1631 — 52) bunyod etilagan boʻlib, bu “Muhabbat yodgorligi» Boburzoda Shoh Jahon tomonidan uning suyukli xotini, oʻn toʻrtinchi farzandini tugʻayotib vafot etgan Mumtoz Mahalbegimga atab qurdirilgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.

 Oydin Saʼdullayeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.