Tokio-2020: Davlat Bobonov bronza medali sohibi!

0
197
marta koʻrilgan.

2020 yil Oʻzbekistonning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor boʻlgan dzyudochimiz Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritib, delegatsiyamizga ikkinchi medalni taqdim qildi.

Ispaniyalik 2 karra jahon chempioni Nikoloz Sherazadishvilini magʻlub etgan vakilimiz  bronza medali uchun turkiyalik Mixael Zgankka qarshi bahs olib bordi.

-90 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz ushbu bosqichda turkiyalik Mixael Zgankdan ustun keldi. Gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq va shijoat Bobonovni medal sari yetakladi. Uning ijrosidagi usul ippon bilan baholandi va ushbu gʻalaba Bobonovning sovrinlari jamgʻarmasiga Olimpiada medalini ham qoʻshib qoʻydi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi, dzyudo bellashuvlaridagi dastlabki medalga sazovor boʻldi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Davlat Bobonov, uning yaqinlari va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasini qutlab qolamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.