Tokio-2020: Ilk oltin medal xitoylik sportchiga nasib etdi

0
183
views

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida dastlabki medallar egalari aniq boʻldi. Ayollar oʻrtasida 10 metrdan miltiqdan otish bahsida Olimpiadaning ilk gʻolibligi xitoylik Sian Yangga nasib qildi.

Final bellashuvida xitoylik Sian Yang 251.8 ochko jamgʻarib, eng yaxshi natijani qayd etdi. Taʼkidlash joiz, bu yangi Olimpiada rekordi hamdir. Ikkinchi oʻrin rossiyalik Anastasiya Galashina (251.1) va uchinchi pogʻona shveysariyalik Nina Kristenga (230.6) nasib etdi.

Ushbu yoʻnalishda qatnashgan Oʻzbekiston vakili  Muxtasar Tohirova esa  33-natija bilan ushbu dasturni yakunlagan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here