Buyuk Britaniyaning “ The Economist” ” jurnaliga qarashli boʻlgan “ Intelligence ” tahlil va tadqiqot guruhi dunyoning eng qimmat va arzon shaharlarini aniqladi. Singapur, Parij va Gonkong dunyoning eng qimmat shaharlari hisoblanadi.
Tahlil jarayonida dunyodagi 133 ta shahardagi 160 ta turdagi turli mahsulot va xizmatlarning narx-navosi oʻzaro taqqoslanib, ana shunday xulosaga kelingan.
Misol uchun sartaroshxonalarda ayollar soch turmaklash xizmati AQSH dollarida hisoblaganda, Parijda oʻrtacha 119 dollar atrofida tursa, Syurix shahrida 73 , Yaponiyaning Osaka shaxrida 53 dollar turadi, deb yozadi BBC xizmati.
Bir kg non Janubiy Koreada oʻrtacha 15 AQSH dollari tursa, Nyu-Yorkda 8, Parijda 5 dollar turadi. Aytib oʻtish kerakki, mahsulot va xizmatlarning narx-navosi oʻzaro qiyoslanganda, har bir shahardagi mahsulot va xizmatlarning oʻrtacha koʻrstkichi olingan.
Dunyoning eng qimmat shaharlar oʻntaligiga quyidagilar kiradi:
Singapur (Singapur), Parij (Fransiya), Gongkong (Xitoy), Syurix (Shveysariya), Jeneva (Shveysariya), Osaka (Yaponiya), Seul (Janubiy Koreya), Kopengagen (Daniya), Nyu-York (AQSH), Tel- Aviv (Isroil)
Dunyodagi eng arzon shaharlar oʻntaligi:
Karakas (Venesuyela), Damashq (Suriya), Toshkent (Oʻzbekiston), Olmaota (Qozogʻiston), Bangalor (Hindiston), Karachi (Pokiston), Lagos (Nigeriya), Buenos Ayres (Argentina), Chennai (Hindiston), Yangi Dehli (Hindiston).
O.Sadullayeva tayyorladi