Yakkasaroylik oʻquvchi Italiyada gʻolib!

0
158
marta koʻrilgan.

Toshkentning Yakkasaroy tumani  «Barkamol avlod» bolalar maktabining 6-sinf oʻquvchisi, “Vokal” toʻgarak aʼzosi Sofiya Singh Gill Italiyadagi Sanremo Junior bolalar xalqaro musiqa festivalida birinchi oʻrinni egallab, faxr bilan  Oʻzbekiston bayrogʻini  koʻtardi.

Germaniya, Isroil, Bolgariya, Chexiya, Italiya, Livan, Ukraina, Slovakiya, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etgan musiqa tanlovida Oʻzbekiston vakili birinchi marotaba ishtirok etdi.

Festival finalida Sofiya Singh Gill italyan simfonik orkestri hamrohligida Aerosmith guruhining “Armagedon” filmi uchun yozilgan qoʻshigʻini ingliz tilida ijro etdi.

Ijrodan soʻng Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov Sofiya Singh Gill, uning ustozi, qoʻshiqchi Saidoyi va onasi Kamila Abdullayeva bilan uchrashib, ularni gʻalaba bilan tabrikladi.

 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.