Sal oldinroq Venesuela ommaviy axborot vositalari tomonidan mamlakatning Karabobo shtati politsiyasi qamoqxonasida gʻalayon koʻtarilgani, oqibatda besh nafar mahsub halok boʻlib, ikki nafar politsiyachi yaralangani haqidagi xabarlar tarqatilgan edi. Keyinroq esa qamoqxonada yongʻin chiqqani, oʻnlab qurbonlar borligi toʻgʻrisida maʼlum qilindi.
TASS bergan xabarga koʻra bugun Venesuela Bosh Prokurori Tarek Uilyam Saab “Twitter»da Karabobo shtati politsiyasi qamoqxonasida yongʻin sodir boʻlib, mahbuslar halok boʻlganini rasman tasdiqladi.
Venesuela Bosh Prokurorining qayd etishicha, qurbonlar soni 68 nafar. Yongʻin mahbuslar va ularning oila aʼzolari uchrashadigan binoda chiqqan.
“Fojia sabablari aniqlanadi, har tomonlama surishtiruv-tergov ishlari olib boriladi. Aybdorlar oʻz jazosini oladi”, deya vaʼda bergan Venesuela Bosh Prokurori Tarek Uilyam Saab “Twitter»dagi yana bir xabarida.