Men Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan 91- maktabning 5-sinfida oʻqiyman. Ismim Azizjon. Uyimizning yonidagi Yakkasaroy tumanining Yunus Rajabiy nomidagi mahallamizga joylashgan minikutubxona menga juda yoqadi. Bolalarbop kitoblarni doʻstlarim bilan mutolaa qilib turamiz.
Men yaqinda testlar kitobini olib oʻqidim. 1,2,3,4 –sinflar uchun testlar kitobini har biridan 3-4 tadan qoʻyib ketishibdi. Hozir uyda ushbu testlarni yechyapman. Bilganlaringni qaytarib turish yaxshida.
– Testlarni qalam bilan ishla, – dedilar buvim, – Ishlab boʻlganingdan keyin oʻchirib tashlab joyiga olib borib qoʻyamiz. Sendan keyin ham foydalanishadi,
Ha, men buvim aytganidek qildim. Yana minikutubxonadan shoira Sharifa Salimovaning “Qushlar alifbosi” sheʼriy kitobini olib oʻqidim. Chiroyli rangli bezakli kitob. Bu kitobdagi sheʼrlar qushlar olamiga yetaklaydi. Kushlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlamiz. Ushbu kitobdagi «Albatros» haqidagi fikrlar menga maʼqul keldi. Ushbu qush haqida maʼlumotga ega boʻldim. “Bulbul” sheʼrini yodladim. Kitobning goʻzal suratlariga qarab suvratlar chizdim. Albatros qushini buvijonimning telefoniga yuklab oldim. Taʼtil tugab, maktabga chiqqanimda oʻqigan kitoblarim haqida gapirib beraman. Shunda bular menga asqatadi.
Shunday goʻzal va qiziqarli kitoblarni minikutubxonaga qoʻyib ketgan kishilarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.