«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga: «Alisa moʻjizalar mamlakatida» kitobi mening eng sevimli ertaklarimdan

0
276
marta koʻrilgan.

Kitob-oftob va mislsiz moʻjiza!   Darhaqiqat, kitobsiz uy xuddi quyoshsiz kunga oʻxshaydi.

Jahon adabiyotidan munosib oʻrin olgan angliyalik yozuvchi Lyuis Kerrollning  «Alisa moʻjizalar mamlakatida» kitobi mening eng sevimli ertaklarimdan. Ushbu ertak –asar inson hayotida har xil voqea- hodisalar boʻlib turishi, oʻsmirlarning ichki dunyosi nihoyatda yorqin va jozibali ekanligi haqida soʻzlaydi. Uni oʻzbek tiliga M. Zohidova tarjima qilgan. Poytaxtdagi “Yangi asr avlodi” nashriyotida oʻzbek tilida chop etilgan.

Ertakni qayta-qayta oʻqib, Alisani boshidan kechirganlari, uning orzu umidlari, bosib oʻtgan yoʻllariga juda qiziqdim. Ertakdagi quyon obrazi tezlikni anglatsa, qimmatbaho umr, vaqt besamar  oʻtmasligini soat orqali tushindim. Mushuk obrazida esa yaxshiliklar, niyatingni moʻjiza kabi amalga oshirishga yordam beradigan siymoni koʻrdim. Yovuzlik malikasi esa xammani yomonliklardan extiyot boʻlishga chaqiradi. 

Muallif bu hayot faqat oʻyin-kulgi, qahqahadan iborat emas, mehnat orqali inson umri goʻzallashib borishini aks ettiradi. Lekin, baribir yaxshi niyat va orzular qilsam moʻjizalar, albatta boʻladi, degan xulosaga keldim. Kitobga qarab qahramonlar tasvirini ham gavdalantirdim. Biroq koʻnglimdagidek boʻlmadi.

Tengdoshlarimga bu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman, Ushbu gʻayrioddiy va hayratlanarli kitobni varaqlab, biz bolaligimiz qanday qiziqarli, begʻubor va moʻjizalarga boy ekanini tushunamiz.

Nodiraxon Rustamova, oʻquvchi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.