Bugun Oʻzbekiston  Mustaqil deb eʼlon  qilingan kun!

0
559
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Mustaqilligi xalqimizning irodasi, adolatli jamiyat barpo etishdagi intilishlari, ezgu-istaklarining ifodasi!

Oʻzbekiston Mustaqilligi davlatimizni davlat, millatimizni millat sifatida dunyoga qayta tanitgan xalqimizning ulugʻvor yutugʻidir. Bugun jamiyatimizda qanday  marralarga erishayotgan boʻlsak, bularning poydevorida yigirmanchi asrning soʻngida  1991 yil 31 avgustda respublikaning Mustaqil deb eʼlon  qilinishi tamal toshi boʻlib turibdi.

1 sentyabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – Oʻzbekiston Respublikasi paydo boʻlgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari roʻyobga chiqqan buyuk tarixiy sana boʻlib, el – yurtimiz tomonidan eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanadi.

Darhaqiqat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida bayrogʻimiz hilpirab turganidan faxrlanamiz, gʻururga toʻlamiz.

Ulugʻvor bayramimiz barchamizga qutlugʻ boʻlsin! Yurtimiz yanada gullab yashnasin! Vatan kelajagi boʻlgan farzandlarimiz ildizi baquvvat  daraxtdek oʻsib ulgʻaysin!

Markazimiz va GUJUM.UZ tahririyati nomidan barchani eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz bilan muborakbod qilamiz!

Raʼno Zaripova, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.