CHET TILI TOʻGARAKLARI BEPUL BOʻLADI

0
258
marta koʻrilgan.

Gulbahor PARPIYEVA, Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh mutaxassisi

 Yurtboshimiz farzandlarimizning chuqur bilim olishi, oʻz iqtidor va salohiyatini toʻla namoyon etishi uchun taʼlim sohasiga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bu borada muhim tarixiy hujjatlar imzolanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ana shunday muhim qarorlardan biri boʻldi. Ushbu saʼy-harakatlar tufayli yangi – Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Vazirlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 47 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparat tuzildi.

Vazirlik ish boshlaganidan buyon oldimizga qoʻyilgan aniq maqsadlar sari harakatlanyapmiz. Eng avvalo, joylardagi maktabgacha taʼlim tizimining moddiy-texnik bazalari oʻrganildi. Hududlardagi qarovsiz binolarni maktabgacha taʼlim muassasalariga aylantirish rejaga kiritilmoqda. Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha dastur tuzilmoqda. Endilikda MTMlarda faqat oliy maʼlumotli kadrlar mehnat qiladi.

Shuningdek, oʻrganishlar natijasida shu narsa maʼlum boʻldiki, ayrim chekka hududlarda umuman bogʻcha faoliyat koʻrsatmaydi. Bu muammoning ham yechimini topishga harakat qilyapmiz. Misol uchun Navoiy viloyatining Qizilcha va Temirtov qishloqlarida 2018 yilning sentyabr oyida maktabgacha taʼlim muassasasi binosi qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirildi. Chekka hududlarda ota-ona tomonidan toʻlanadigan badal puli ham 50 foizga arzonlashtirildi.

Kelgusidagi rejalardan yana biri maktabgacha taʼlim muassasalarida chet tili toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Eʼtiborlisi, mashgʻulotlar mutlaqo bepul boʻladi.

«Sogʻlom avlod» gazetasi tahririyati hamda «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash  markazi hamkorligida oʻtkazilgan davra suhbatini  Dildora FAYZIYEVA yozib oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.