Mamlakatimiz Prezidenti shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”– deya taʼkidlagan edi. Darhaqiqat, zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanib borayotganini tahririyatimizga kelgan xushxabarlar tasdiqlab turibdi.
Xosiyat Shavkatova Urganch shahridagi 10-son maktabining yettinchi sinfida oʻqiydi. U karantin paytida Rossiyada boʻlib oʻtgan rus tili boʻyicha onlayn tarzdagi “Vremya Znaniy” olimpiadasida 1-oʻringa munosib koʻrildi.
Maktab oʻquvchilarining bugungi yutuqlari, ota-onalarning quvonchlari mamlakatimizda taʼlim-tarbiyaga yaratilgan namunali shart-sharoitlarning samarali desak arziydi. Yana karantin davrida onlayn oʻqitishning yoʻlga qoʻyilganligi va zamonaviy taʼlim- tarbiya usulidan pedogoglar va ota-onalar hamkorlikda samarali foydalana olayotganliklarini aks ettiradi.
Saytimizga bunday xushxabarlar toshqin soydek oqib kelyapti. Gul guldan rang oladi degani shuda! Bizni kuzatib boring! Maktab oʻquvchilarining bugungi yutuqlarini va uyda qolib, farzand tarbiyasiga munosib hissa qoʻsha olayotgan ota-onalarning quvonchlarini aks ettirib boramiz.
Chunki, zukko bolajonlarimiz nafaqat oilasining, maktabning faxri, balki butun millatimizning baxtidir. Biz ham ularni qoʻllab quvvatlashdan charchamaymiz, yutuqlaridan sevinamiz.
Murakkab sinovli kunlarda uyda oʻtirib, farzandlari taʼlim- tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, ularning salohiyatini tekshirib, hayotini mazmun-mohiyat bilan toʻldirayotgan tirishqoq oʻquvchilarning ota-onasiga va ularga taʼlim- tarbiyada yaqindan koʻmakchi boʻlayotgan pedogoglarga raxmatlar aytamiz.
Aziz ota-onalar, uyda qoling butun diqqatingizni oilaga, farzandga qarating!