Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya

0
5910
marta koʻrilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”– deya  taʼkidlagan edi. Darhaqiqat, zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanib borayotganini tahririyatimizga kelgan  xushxabarlar tasdiqlab turibdi.

Xosiyat Shavkatova  Urganch shahridagi 10-son maktabining yettinchi sinfida oʻqiydi. U karantin paytida Rossiyada boʻlib oʻtgan rus tili boʻyicha onlayn tarzdagi  “Vremya Znaniy” olimpiadasida 1-oʻringa munosib koʻrildi.

 Maktab oʻquvchilarining bugungi yutuqlari, ota-onalarning quvonchlari  mamlakatimizda taʼlim-tarbiyaga yaratilgan namunali shart-sharoitlarning samarali desak arziydi. Yana karantin davrida  onlayn oʻqitishning  yoʻlga qoʻyilganligi va zamonaviy taʼlim- tarbiya usulidan pedogoglar va ota-onalar hamkorlikda samarali foydalana olayotganliklarini aks ettiradi.

Saytimizga bunday xushxabarlar toshqin soydek oqib kelyapti. Gul guldan rang oladi degani shuda! Bizni kuzatib boring! Maktab oʻquvchilarining bugungi yutuqlarini va uyda qolib, farzand tarbiyasiga munosib hissa qoʻsha olayotgan ota-onalarning quvonchlarini aks ettirib boramiz.  

Chunki, zukko bolajonlarimiz  nafaqat oilasining, maktabning faxri, balki butun millatimizning baxtidir. Biz ham ularni qoʻllab quvvatlashdan charchamaymiz, yutuqlaridan sevinamiz.

Murakkab sinovli kunlarda uyda oʻtirib, farzandlari taʼlim- tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, ularning salohiyatini tekshirib, hayotini mazmun-mohiyat bilan toʻldirayotgan tirishqoq oʻquvchilarning ota-onasiga va ularga taʼlim- tarbiyada yaqindan koʻmakchi boʻlayotgan pedogoglarga raxmatlar aytamiz.

Aziz ota-onalar, uyda qoling butun diqqatingizni oilaga, farzandga  qarating!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.