«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga

0
142
marta koʻrilgan.

Men Oʻtkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ asarini oʻqib, buyuk tariximiz bilan faxrlandim.  Barcha tengdoshlarimga ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman.

Toʻqqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi.

Oʻninchi asr. Abu Nasr Farobiy Aristotelning “Metafizika“ asariga eng mukammal sharh yozib, “Ikkinchi ustoz“ unvonini oldi.

Oʻn birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy yer bilan Oy oʻrtasidagi masofani oʻlchadi. Ibn Sino meditsina Qomusi — “Tib qonunlari“ ni yaratdi.

Oʻn toʻrtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur yevroosiyoning yarmini tasarrufga oldi. Ahli ilm boshini silab, oʻlmas obidalar yaratdi.

Oʻn beshinchi asr.  Ulugʻbek 1018 yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher Navoiy oʻlmas “Xamsa“sini yozdi.

Oʻn oltinchi asr. “Boburnoma“ olamga tarqaldi.

Oʻn yettinchi asr. Shohjahon dunyodagi yetti moʻjizaning biri — “Tojmahal“ni bunyod yetdi.

Yigirmanchi asr. Oʻzbek-sovet olimlari misli koʻrilmagan “ixtiro“ qildilar: tarix “xato“ sini tuzatib, oʻtmishda biz yoppasiga “savodsiz“ boʻlganimizni isbotlab berdilar…

 Shahrizoda RAJABOVA, oʻquvchi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.