«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga: «Besh bolali yigitcha» kitobini oʻqib

0
292
marta koʻrilgan.

Men, Sobirjonova Xonzodabegim  Uchtepa tumanidagi 75-oʻrta maktabning 8-A sinfida oʻqiyman.

Yozgi taʼtilni kunimga, hayotimga mazmun-mohiyat  bagʻishlaydigan sevimli maskanim Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazida oʻtkazaman.  Bu yerda men yozgi taʼtilni oʻzbek va rus adiblarining bebaho asarlarini oʻqish bilan juda ham sermazmun oʻtkazmoqdaman. 

 Ayniqsa, bolalar yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning «Besh bolali yigitcha», rus yozuvchisi Aleksandr Kuprinning «Beliy Pudel» nomli asarlari qalbimdan joy oldi.  Bu asarlarni oʻqir ekanman, oʻzim bilmagan, koʻrmagan va hattoki eshitmagan dunyoga sayohat qildim. 

Kitob insonning eng yaqin doʻstidir.  Mutolaa jarayonida har safar juda koʻp oʻzim bilmagan qiziqarli maʼlumotlarga, bilimlarga ega boʻlaman.  Men oʻz tengdoshlarimni kitoblar mutolasiga mehr qoʻyishga undayman. Chunki, u insonni yuksaklarga yetaklaydi. Qalblarni nurlantiradi. Kayfiyatni koʻtaradi, dunyoqarashni kengaytiradi.

Xonzodabegim Sobirjonova 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.