«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga: Ilhom Zoirning «Xolva yemagan bola» kitobini oʻqib…

0
326
marta koʻrilgan.

Men Ravshanov Asliddin 233- maktab 5- sinf oʻquvchisiman. Olmazor tumani axborot-kutubxona markazining eng faol kitobxonlaridan biriman. Bu kutubxonachi opalarimning gapi. Chunki, onajonim bilan bu yerga tez-tez kelamiz.

Onajonim menga goʻdakligimdan har kuni ertaklar aytib beradilar. Shu sababli menga ertaklar juda yoqadi. Ayni kunda Olmazor tumani axborot-kutubxona markazidagi “Xolva yemagan bola”  ertagini oʻqib bir olam taassurotlar  olyapman.

Qahramonlarning sarguzashtlari juda ajoyib  va gʻaroyib voqea-hodisalarga boy.  Hayotiy voqealar asosida yozilgan ushbu qissada Vafo ismli oʻspirinning goh mahzun, goh shumliklarga qorishgan hayot yoʻli qalamga olingan.

Kitobni oʻqisangiz bunga oʻzingiz ham qiziqib qolasiz. Men bu kutubxonaga kelganimdan hursandman. Tengdoshlarim, kutubxonalarga tez-tez borib turing.

Asliddin Ravshanov, poytaxtdagi 233-maktab oʻquvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.