Men, Murodjonov Abdiboriy poytaxtdagi 109- umumtaʼlim maktabining 3- sinf oʻquvchisiman. Bolalarning sevimli ijodkori Tursunboy Adashboyevning «Osmon koʻkmi zangori» kitobini sevib oʻqidim.
Ushbu kitobda bizlarni qiziqtiradigan koʻplab savollarga javoblar bor. Asar orqali oʻzimga kerakli va judayam qiziqarli boʻlgan malumotlarga ega boʻldim.
Onamning aytishlaricha, muallifning sheʼrlari bolalar yaxshi koʻradigan shirinlikdek totli boʻlib. shu bois sheʼrlarini yodlash, maʼno-mohiyatini tushunish oson ekan. Ertak oʻqigan, sheʼr yodlagan bolalarning xotirasi kuchayib borar ekan. Koʻp narsani bilib olarkan. Shuning uchun koʻp televizor oldida oʻtirmagin-da kitob oʻqi deya, qoʻlimga kitob tutqazib qoʻyadilar.
Men ham tengdoshlarimga ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman.