«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga: Zahro Hasanovaning “Kitob – sen oftobimsan” sheʼriy kitobini oʻqib…

0
206
marta koʻrilgan.

 Men ota-onam bilan Amerikada yashayman. Yozgi taʼtil paytida yurtimizga keldik.

Yunus Rajabiy mahallasidagi minikutubxonadan  kitob olib oʻqidim. Ochiq osmon ostida, soya-salqinda kitob oʻqish ham maza ekan. Amerikada ham  bolalar maydonchalarida, parklarda xuddi shunday kitob almashib oʻqish  imkoniyatlari bor. Haqiqatda, u mini yaʼni juda kichkina goʻyo  qushchalar uyasiga oʻxshaydi.  Oʻzbekistondagi minikutubxona  uning oldida katta, albatta. Qolaversa  QR kodli kitoblar ham bor ekan. Men sarguzasht kitoblarga juda qiziqaman. Jyul Vernning “Oʻn besh yoshli kapitan” asarini  planshetimga   yuklab oldim. Endi bemalol uyimda ham oʻqiyman.

Shu yerda oʻtirib esa shoira Zahro Hasanovaning “Kitob – sen oftobimsan” sheʼriy kitobini oʻqidim. Menga   ona zamin, tabiatni asrash, yaqin kishilaring– bobo, buvi, ota-onalar va oila haqidagi sheʼrlari juda yoqdi.. .

“Buvijon” sheʼridan:

                     Gul rayxonlar ekkan buvijon,

                     Yoʻlimga koʻz tikkan buvijon,

                     Koʻp zahmatlar chekkan buvijon,

                     Sizni juda-juda sogʻindim.

“Onamning oʻgitlari” sheʼridan:

                                Soʻrab bilgan– kamtarlik,

                               Deydilar mudom onam.

                               Soʻramagan yomondir,

                               Tayinlaydilar doim.

                     Maktabda ustozlarimdan,

                    Soʻrab, bilib kelaman,

                    Uyga vazifalarni,

                    Qiynalmasdan qilaman.

Shu kitob menga yoqdi olsam boʻladimi soʻradim buvijonimdan. “Albatta, yoqqan boʻlsa ol. Oʻrniga boshqa kitob qoʻyamiz” dedilar.  Men bu kitobdagi sheʼrlarni sinfdoshlarimga oʻqib beraman.  Oʻzbekcha ohanglar ularga maʼqul keladi.

Daminjon AXMEDOV, 5-sinf oʻquvchisi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.