Men ota-onam bilan Amerikada yashayman. Yozgi taʼtil paytida yurtimizga keldik.
Yunus Rajabiy mahallasidagi minikutubxonadan kitob olib oʻqidim. Ochiq osmon ostida, soya-salqinda kitob oʻqish ham maza ekan. Amerikada ham bolalar maydonchalarida, parklarda xuddi shunday kitob almashib oʻqish imkoniyatlari bor. Haqiqatda, u mini yaʼni juda kichkina goʻyo qushchalar uyasiga oʻxshaydi. Oʻzbekistondagi minikutubxona uning oldida katta, albatta. Qolaversa QR kodli kitoblar ham bor ekan. Men sarguzasht kitoblarga juda qiziqaman. Jyul Vernning “Oʻn besh yoshli kapitan” asarini planshetimga yuklab oldim. Endi bemalol uyimda ham oʻqiyman.
Shu yerda oʻtirib esa shoira Zahro Hasanovaning “Kitob – sen oftobimsan” sheʼriy kitobini oʻqidim. Menga ona zamin, tabiatni asrash, yaqin kishilaring– bobo, buvi, ota-onalar va oila haqidagi sheʼrlari juda yoqdi.. .
“Buvijon” sheʼridan:
Gul rayxonlar ekkan buvijon,
Yoʻlimga koʻz tikkan buvijon,
Koʻp zahmatlar chekkan buvijon,
Sizni juda-juda sogʻindim.
“Onamning oʻgitlari” sheʼridan:
Soʻrab bilgan– kamtarlik,
Deydilar mudom onam.
Soʻramagan yomondir,
Tayinlaydilar doim.
Maktabda ustozlarimdan,
Soʻrab, bilib kelaman,
Uyga vazifalarni,
Qiynalmasdan qilaman.
Shu kitob menga yoqdi olsam boʻladimi soʻradim buvijonimdan. “Albatta, yoqqan boʻlsa ol. Oʻrniga boshqa kitob qoʻyamiz” dedilar. Men bu kitobdagi sheʼrlarni sinfdoshlarimga oʻqib beraman. Oʻzbekcha ohanglar ularga maʼqul keladi.
Daminjon AXMEDOV, 5-sinf oʻquvchisi