Hamkorlarimiz faoliyatidan: Kutubxonaga armugʻon – nur ulashish demakdir

0
161
marta koʻrilgan.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi “Bilim” axborot kutubxona markaziga 200 ga yaqin rang-barang badiiy va publitsistik kitoblar sovgʻa qildi.

Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazida mamlakatimiz Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qarorining 1-ilovasidagi ”2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash Milliy dasturi” ga asoslangan holda qilinayotgan xayrli ishlar rejaga asosan izchil amalga oshirilmoqda.

Ishlarning qanchalik qoniqarli va toʻlaqonli bajarilishida, albatta, kitobxonlarni qiziqtiruvchi adabiyotlarning yetarli darajada mavjudligi va mavzu jihatdan xilma-xilligi  muhim ahamiyat kasb etadi.

 Uchinchi Renessans poydevorini qurish baxtiga muyassar boʻlayotgan yoshlarimiz va kitobsevarlarimiz ning yangi adabiyotlarga boʻlgan talablarini toʻlaroq qondirish maqsadida, “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi” ga qilingan murojaat natijasida, Markaz vakillari poytaxtadagi AKMga 200 ga yaqin rang-barang badiiy va publitsistik kitoblar sovgʻa qilishdi.

Sovgʻalarni topshirish jarayoni koʻtarinki tus oldi. Kitobni topshirishga kelgan vakillar, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining “Inson huquqlari boʻyicha axborot kutubxona markazi inson huquqlari uyi” boʻlimi boshligʻi H. Moʻminov va ushbu boʻlim yetakchi mutaxassisi M. Tolipova topshirishdi.

«Bilim» AKM rahbari H. Karimova  tadbirda kitobxonlar nomidan minnatdorlik bildirib, qilingan ushbu savobli ish nafaqat kitobxonlarni xursand qiladi, balki bu kitoblarni oʻqigan va uqqan yoshlarni kelajagi buyuk boʻlishini taʼminlaydi, deya taʼkidladi.

Tadbir soʻngida, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi rahbari H. Karimova markaz vakillariga kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, kitobxonlarga xizmat koʻrsatishda mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga doir dolzarb va qiziqarli mavzulardagi tadbirlar,  tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan manfaatli hamkorliklar haqida axborot berdilar.

Bundan keyin ham  muassasalar  oʻrtasidagi munosabatlarni   mustahkamlashni kelishib olindi.                                 

H. Joʻraboyev, Toshkent shahar «Bilim» AKM mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.