Hamkorlarimiz faoliyatidan: «Yangi zamon ayoli-asarlarda va dunyo nigohida»nomli onlayn uchrashuv

0
200
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot kutubxona markazi «Men muvaffaqiyatli ayolman» loyihasi doirasida «Yangi zamon ayoli-asarlarda va dunyo nigohida» mavzusida onlayn uchrashuv  oʻtkazdi.

Tadbirning mazmun-mohiyatini mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning  ushbu oʻgitlarini qamrab oldi: “Ayolni eʼzozlash, ayolga ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz”.  

 Uchrashuv qatnashchilari oʻz xizmat vazifasidan kelib chiqib, mavzu yuzasidan, ayolning matonati, oiladagi oʻrni, jamiyat va davlat qurilishidagi ishtiroki, huquqiy himoyalanganligi haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Tadbirni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova «Kitob ila ochilur dunyo» nomli qiziqarli maʼruzalari bilan ochib berdi. 

“Insayt amaliy psixologiya” markazi raxbari, psixolog konsultant hamda sport psixologi Sayyora Azlarova «Yangi zamon ayollarining ruhiy olami va kechinmalariga atalgan adabiyotlar» mavzusida juda qiziqarli maʼlumotlari bilan boʻlishdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «Tarjimashunoslik va halqaro jurnalistika» kafedrasi oʻqituvchisi, filologiya boʻyicha falsafa doktori  Nilufar Xodjayeva «Jahon adabiyoti asarlarida, xususan Hindiston manbalarida ayollar haqida» nomli maʼruzada slaydlardan    foydalanib, qiziqarli maʼlumotlar keltirdi.

Oʻzbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «Sport» telekanali katta muxarriri Nargiza Muxamedova «Maʼrifatli ayol — maʼrifatli ona » mavzusidagi ishtiroki katta taassurot qoldirdi. 

Toshkent shahar «Bilim» axborot kutubxona markazi mutaxassisi  Dilnoza Azimovaning «Kitoblar va raqamlarda — gender muammosi» nomli maʼruzasida esa mashhur ayollarga oid qiziqarli daliliy raqamlar orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.

Tadbir yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kutubxonachisi D. Moʻminova, Toshkent shaxridagi Uchtepa tuman axborot-kutubxona markazi direktor-mutaxassislaridan B. Xodjayeva, N. Saydasheva, M. Xasanovalar hamda keng kitobxonlar oʻzlarining fikr – mulohazalari bilan qatnashdilar. Tadbir soʻngida N. Xodjayeva kelgusida jahon adabiyoti durdonalari boʻlmish yangi asarlar tarjimalarini mamnuniyat bilan Toshkent shahar «Bilim» AKM ga tuhfa etilishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, onlayn uchrashuvda ushbu mavzudagi tadbirlar barcha tuman AKM larida davom ettirish borasida tavsiyalar ishlab chiqildi.

Hafiza KARIMOVA, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.