Hamkorlarimiz hayotidan: kutubxonada uchrashuv

0
130
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida yangi kitoblarning taqdimotlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan.

2023 yil 10 fevral kuni ziyo maskanida «Marmarga bitilgan sevgi»  kitobi muallifi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi va adiba  D. Yormatovaning kitobxonlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda Chilonzor tumanidagi mahallalarning “Oqila ayollar” klubi yetakchilari, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda kitobxonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni «Bilim» AKM direktori Hvfiza Karimova ochib, yigʻilishning mazmun-mohiyati, kutubxona anʼanalari bilan tanishtirdi.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist  Raʼno Zaripova olima ayollarning ilm-fan olamiga,  mamlakatimizni yuksaltirishga, jumladan professor Dilorom Yormatovaning zaytun, soya kabi oʻsimliklarning mamlakatimizda mahalliylashtirishga  qoʻshgan hissasi haqida gapirib, Boburiylar sulolasiga bagʻishlangan «Marmarga bitilgan sevgi» kitobining yaratilishiga sabab boʻlgan omillar, tarixiy kitob yozishning murakkabligi va buning uchun izlanish va yana izlanish kerakligi haqida hikoya qildi.

 Muallif Dilorom Yormatova oʻz soʻzida asarning yaratilishiga toʻxtalib, buyuk Boburiylar sulolasi vakili Shoxjahonning umr yoʻldoshi Mumtoz Mahalga boʻlgan mehr-muhabbati, ularning buyuk sevgisi  ulugʻvor sinov va siylovlardan oʻtganligini, shox-u malikaning qismati, ruhiy kechinmalari, buyuklarning sevgisi ham buyuk boʻlishini qiziqarli dalillar bilan bayon etdi.

Shu bilan birga,  shoh va shoir Boburning “Boburnoma” kitobi va unda tilga olingan oʻsimliklar, jumladan muallif oʻz asarida Afgʻonistonda  lola gulining 30 ga yaqin turini keltirgani, biroq uning bugungi kunda faqat 12 turigina mavjudligi, inson bilan olamni ham asrash zarurligi haqida gapirdi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda  kechdi. D. Yormatova «Bilim» AKM fondiga esdalik uchun oʻz kitoblaridan taqdim etdi.

 Uchrashuv oxirida ishtirokchilar  tadbirga monand tashkil qilinadigan koʻrgazma bilan tanishdilar. Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi Dilnoza  Rasulova oʻzi tashkil qilgan «Dunyoni oʻzgartirgan olima ayollar» nomli adabiyotlar koʻrgazmasidagi asarlar bilan bir-bir  tanishtirdi va bibliografik sharh berdi.

Tadbir zoom dasturi orqali tuman kutubxonalariga ham uzatildi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.