Ijtimoiy tarmoqlarda «Sogʻlom ona va bola» markazi faoliyati haqida

0
158
marta koʻrilgan.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINI VA FUQAROLIK JAMIYATI BOSHQA INSTITUTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDIning ijtimoiy tarmogʻida Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (OʻzNNTMA) Kengashi raisi oʻrinbosari Maxmudov Nozimxon fikri:

 2021 yil 23 iyun kuni poytahtimizning Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy nomidagi maxalla fuqarolar yigʻini xududida innovatsion axborot kutubxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy Majlis, vazirlik va idoralar namoyandalari bilan birga nodavlat tashkilotlar aʼzolari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Kutubxona ochilish marosimida Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (OʻzNNTMA) Kengashi raisi oʻrinbosari Maxmudov Nozimxon qatnashib, bu masalaga oʻz fikr va takliflarini bildirdi. Jumladan, bu ijtimoiy loyixani ommaviylashitirish kerakligini xamda kutubxonadagi elektron va chop etilgan kitoblarda boy tariximiz, ulugʻ olim-mutafakkirlarimiz xayoti va ijodi, xalqimiz madaniyati, milliy gʻoya va mafkuramiz oʻz ifodasini topishi lozimligi taʼkidlandi.

MARKAZdan: Ezgu fikrlar uchun xursand boʻldik. Ushbu takliflarni ochiq osmon ostidagi minikutubxonaning TASSUROT MULOHAZA FIKR TAKLIF nomli jamoatchilik daftariga yozib qoʻyamiz. Kelajakda  minikutubxonani yanada rivojlantirishda eʼtiborga olamiz. Istiqbolda  faqat QR  kodli  kitoblardan  iborat banner tashkil etish niyatimiz ham bor. Ungacha Alisher Navoiy nomidagi  Milliy kutubxonaning QR kodli kitoblari bazasi ham yanada  boyib yuksalib borishi tabiiy. 

GUJUM. UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.