Insoniyat tarixi kashfiyot va ixtirolarga boy

0
1588
marta koʻrilgan.

Men, Saʼdullayev  Navruzbek, Mirzo Ulugʻbek nomli ixtisoslashgan maktab- internatning 7 B sinf oʻquvchisiman. Oʻzbek va rus tillaridagi       sarguzashtlar, qiziqarli voqealar boy detektiv asarlarni oʻqishni yoqtiraman. Shuningdek, insoniyatning buyuk ixtiro va kashfiyotlari toʻgʻrisida yozilgan kitoblarga ham qiziqaman. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasidan faol foydalanaman.

Karantin davrida Artur Konan Doylning «Sherlok Xolms», Mark Tvenning «Tom Soyerning sarguzashtlari», «Geklberri Finning sarguzashtlari», Daniel Defoning «Robinzon Kruzo» hamda A.P.Chexov va O’Genrining kiska hikoyalarini mutolaa qildim. «Robinzon Kruzo» asaridan jahonning bir necha mamlakatlari  kino ishlashgan. Asarni oʻqiganimda  qahramonlarning yangi-yangi qirralarini kashf qildim. Kitob oʻqish baribir boshqacha. 

Yosh bilimdon ensiklopediyasi boʻlgan “Kashfiyot va Ixtirolar”  kitobi darsxonam stolida doimo turadi.  Uni tez-tez ochib,  qayta va qayta oʻqib turaman. Insoniyat tarixi kashfiyot va ixtirolarga boy. Har bir qilingan ixtiro odamlarning ogʻirini yengil qilgan, taraqqiyotga maʼlum darajada hissa qoʻshgan.

Dastlab turmushlarini yaxshilash uchun ish qurollarini mukammallashtirgan. Qayiq, gʻildirak, gugurt, qogʻozni kashf etishgan. Bugungi kunda biz foydalanayotgan har bir buyum, har bir texnikani yaratish uchun ixtirochilar yillar davomida izlanishlar olib borganligi meni hayratlarga soladi. «Ziyo nashr» nashriyotida 2019 yilda chop etilgan ushbu kitobni oʻqishlarini tengdoshlarimga tavsiya qilaman.

 Barcha tengdoshlarimni 1iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlayman. Karantin 15 iyunga qadar choʻzildi. Uyda qoling, boʻsh vaqtlardan unumli foydalaning, mutolaa zavqini suring.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.