Toshkent— shahar «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” koʻchma klubining navbatdagi tadbiri Toshkent shahri Chilanzar tumani 1— Qatartol mahallasidagi 183 maktabda boʻlib oʻtdi.
Unda markaz rahbari, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova tadbirni ochib, kun tartibi va maʼruzachilar bilan tanishtirdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ikki marta deputat boʻlib saylangan va hozir ham qonunchilik sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan yuridik fanlari nomzodi Shoira Oqboʻtayevna Umarova oilaviy qadriyatlar, anʼanalarning ahamiyati ularning milliy qonunchiligimizda ifodalanishi, oila, onalik va bolalik davlat himoyasida ekanligini sharhlab berdi.
Ikkinchi yoʻnalish oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bagʻishlandi. Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova “Mutola tafakkurga qanot” mavzuda muloqot qilib. internetdan foydalanish madaniyatiga alohida eʼtibor berdi. Markazning “gujum.uz” sayti, uning ruknlari, materiallari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari asosida tinglovchilarga tarqatilgan “Oʻz huquqingizni bilasizmi” tanloviga doir savolnomalarga oilaviy javoblar markazning “gujum.uz” saytida aks etishi, malakali javob bergan oilalar loyiha yakunida taqdirlanishi sayddan namunalar koʻrsatib tushuntirildi.
Tadbir soʻngida markaz aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot sanitariya birlashmasining 1-Markaziy poliklinikasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan, hojilarning salomatligini kuzatuvchi sifatida haj va umra ziyoratiga xizmat safari bilan bir necha marta borgan tabarruk onaxon Raximaxon opa Zokirova, tibbiy maslahatlar berib, u markaz aʼzosi “Chinobod” sanatoriyasi vrachi, oliy toifali vrach Xolida Ochilova yozgan ona yurt neʼmati boʻlmish dorivor giyohlar va sabzovotlarning shifobaxsh xususiyati haqidagi turkum kitoblarni mahalla kutubxonasiga sovgʻa qildi. Shuningdek, markaz aʼzolariining mualliflik kitoblaridan va «Tafakkur qanoti» nashriyotining shaxsiy kutubxonasidan 14 ta kitob mahalla kutubxonasiga sovgʻa qilindi. Tadbir qatnashchilariga oilaviy mutola uchun Sogʻlom avlod”, “Gʻuncha”, «Klass», «Gulxan» “Tong yulduzi” gazeta va jurnallar ham tarqatildi.
J. Saʼdullayev