Toshkent- shahar «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” koʻchma klubining navbatdagi tadbiri Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlandi va u Mirobod tuman Mahalla fondi bilan hamkorlikda Toshkent temir yoʻl transporti kasb-hunar kollejida boʻlib oʻtdi.
Unda Mirobod tuman mahallalarining diniy va maʼrifiy ishlar boʻyicha maslahatchilari, xotin- qizlar qoʻmitalari yetakchilari kollej oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova mamlakatimizning birinchi prezidenti davrida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, “Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va oʻtgan yil 8 sentyabrda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Bolalarni ularning sogʻligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida tadbir ishtirokchilari bilan suhbat oʻtkazdi. Muloqotda faol qatnashganlarga oʻzining va oilasining mualliflik kitoblaridan argʻumon qildi.
“Gulxan” jurnalining bosh muharriri Zahroxon Hasanova oʻzi yetakchilik qilayotgan nashrning 1-sonida mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlab chon etilgan ijodiy ishlar, jumladan shoir Raxim Farxodiyning dostoni haqida gapirdi. Zaxroxon Hasanova ushbu asarni rus tilidan oʻzbek tiliga oʻzi oʻgirgan boʻlib, dostondan namunalar oʻqib berdi.
Tadbir soʻngida kelajak avlodning maʼnaviyatini, mutola madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan“Sogʻlom avlod”, “Gʻuncha”, «Klass»,«Gulxan»“Tong yulduzi” gazeta va jurnallari yigʻilish qatnashchilariga armugʻon etildi.
J. Saʼdullayev