Kichkintoy  Azimxon: Onlayn oʻqiyapmiz, uyda dars tayyorlab, rasmlar chizyapmiz

0
646
marta koʻrilgan.

Qoʻshnim Azimxon nevaramning oʻrtogʻi telegram orqali 7 ta suvrat joʻnatibdi. Suratlar tagiga : Onlayn oʻqiyapmiz, uyda dars tayyorlab, rasmlar chizyapmiz, deya yozilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida eʼtibor qaratib, farzandlar  taʼlim- tarbiyasiga ham toʻxtalib oʻtdi:

– Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan biron-bir tizim toʻxtab qolmadi. Biz vaziyatdan kelib chiqib, xalqimizning sogʻligʻini oʻylab, ishimizni boshqa shaklda tashkil etyapmiz. Aqliy mehnat, taʼlim-tarbiya bilan bogʻliq faoliyat turlari masofadan turib, “onlayn” rejimda olib borilmoqda.

Kichkintoy qoʻshnim Azimxonning faoliyati, ota-onalarining saʼy-harakati, pedogoglarning jonkuyarligi va ularning hamkorligi ham Prezidentimizning  soʻzlariga  misol boʻla oladi.

Qodirov Azimxon  Abdullajon oʻgʻli  poytaxtimizdagi 110 maktabning 1-sinfida aʼlo baholarga oʻqiydi.  Rasm chizishni xush koʻradi. Karantin davrida chizgan rasmlari bilan xonasining devorlarini toʻldirib tashladi. Albatta, bunda ota-onasining bolaga boʻlgan eʼtibori katta  ahamiyatga ega.

Uning oilasi yana bir yaxshi ishga qoʻl urdi.  Toshkent maktablarida har bir sinfning telegramda  ota-onalar guruhi mavjud. Bu guruhni ota onalarning  mahorat maktabi desa ham boʻladi. Chunki, guruhdagilarning muloqati faqat bola tarbiyasi haqida boʻladi tajriba almashishadi, biri biriga oʻrgatishadi, biri biridan oʻrganishadi.  Azimjonning ota-onasi ham ana shunday  guruhga aʼzo. Ushbu guruhning bergan maʼlumotlari orqalida ular edu time.ru  saytiga kirib, karantin davriga rejalashtirilgan “Vremya znaniy” xalqaro olimpiadasida onlayn tarzda farzandining bilimini sinab koʻrishdi.

Bir yoʻlasiga matematika, rus va ingliz tili boʻyicha uchta yoʻnalishda qatnashgan Azimxon gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Murakkab sinovli kunlarda uyda oʻtirib, farzandining taʼlim- tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, jigarbandining salohiyatini tekshirib, uning hayotini mazmun-mohiyat bilan toʻldirayotgan ota-onasiga markazimiz nomidan rahmatlar aytamiz va bu ezgulik kengroq tarqalishi uchun qalamga oldik.

Albatta, biz yaxshi tushunamiz, uyda oʻtirish oson ish emas, lekin biz ayni paytda oʻz hayotimizni, elimizning sogʻligʻini  saqlab qolish uchun eng maqbul vosita sifatida hukumatimizning tartib –qoidalariga, tavsiyalariga amal qilishimiz shart.

 – Murakkab va sinovli damlarda biz ulugʻ va mehnatkash xalqimizning qudrati, aql-zakovati va sabr-matonati, mehr-oqibati va samimiyati bilan ushbu ogʻir sinovlarni ham, albatta, yengib oʻtamiz, – deya Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 14 apreldagi videoselektor yigʻilishida bizga ishonch bildirdi.

Aziz ota-onalar, bizga bildirilgan ishonchni oqlaylik. Uyda qoling, butun diqqatingizni oilaga, farzand tarbiyasiga  qarating! Murakkab sinovli kunlardan oʻtib, siylovli kunlarga ham yetkazishini   Yaratgandan soʻrab qolamiz.

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.