Kitob aqlimizni charxlovchi doʻstimiz!

0
955
views

Men, Kenjayeva Laylo poytaxtimizdagi 283- maktabning 4-«A» sinfida oʻqiyman. Karantin davrida oʻqigan kitoblarim orasida Xudoyberdi Toʻxtaboyevning «Quyonlar saltanati» kitobi menga yoqdi.

Asar qahramonlari boʻlgan ikki bolakayning orzulari, fikr- oʻylari, intilishlari meni qiziqtirib qoʻydi. Baʼzi tengdoshlarimga oʻrnak boʻladigan asar ekan. Toʻgʻrisoʻzlilik, doʻstlarga adolatli boʻlish, kattalarga hurmat, oʻzidan kichiklarga gʻamxoʻrlik qilishga chorlashi menga maʼqul keldi. 

Kitob- insonning doʻsti deb bejiz aytishmagan ekan. Haqiqatda, kitob bizning sirdoshimiz, aqlimizni charxlovchi doʻstimizdir.  Har safar kitob mutolaa qilganimda koʻnglimdan shularni his qilaman.

Aziz tengdoshlar,uyda qoling, mutolaa bilan band boʻling!

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here