Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bogʻishamol mahallasida Toshkent- shahar «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” koʻchma klubining navbatdagi tadbiri 2017 yil 8 noyabr kuni soat 10.00da boʻlib oʻtdi.
Tadbir Toshkent shahar «Bilim» kutubxonasi, “Kamalak” nashriyoti bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Markaz rahbari, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova tadbirni ochib, kun tartibi va maʼruzachilar bilan tanishtirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikkinchi Chaqiriqida deputat boʻlib saylanib faoliyat yuritgan, ayni kunda Toshkent shahar «Bilim» kutubxonasi direktori Hofizaxon Karimova asosiy qonunimiz-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining– xalqimiz hamda yurtimizning buguni va kelajagining ifodasi ekanligi. shu bois ham mamlakatimizda Bosh Qomusimiz qabul qilingan kunga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazilishi yaxshi anʼanaga aylanganligi, tantanali marosimda Yurtboshimiz oʻtayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi yilning muhim va ustuvor vazifalarini belgilab berishini taʼkidlab, asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini sharhlab berdi.
Ikkinchi yoʻnalishda oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bagʻishlandi. “Kamalak” nashriyoti direktori, shoira Oʻktamoy Xoldorova mutolaning inson shaxsini shakllantirishidagi ahamiyati haqida gapirib, goʻzal sheʼrlari bilan tinglovchilarni xushnud qildi.
Toshkent shahar «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi direktori, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida “Oʻz huquqingizni bilasizmi” mavzuida tayyorlangan savolnomalarni tinglovchilarga tarqatdi. Ushbu savollar asosida jonli muloqot ham oʻtkazdi. Tinglovchilar tomonidan berilgan javoblar Markazning “gujum.uz” saytiga joylashtirilishi, tanlov yakunida faol qatnashganlar taqdirlanishi ham tushuntirdi. Shuningdek, “gujum.uz” sayti bilan slayda orqali tanishtirdi.
Tadbirda Raʼno Zaripova oʻzining hamda oila aʼzolarining mualliflik kitoblaridan 4tasini, «Tafakkur qanoti» nashriyotining shaxsiy kutubxonasidan 8 tasini, shoira Oʻktamoy Xoldorova oʻz nashriyotidan 5tasini mahalla kutubxonasiga sovgʻa qildi.
Shuningdek, tadbirda “Gʻuncha” hamda “Gulxan” jurnallaridan va “Sogʻlom avlod”, “Klass”, “Tong yulduzi” gazetalaridan yigʻilish qatnashchilariga oilaviy mutola uchun armugʻon etildi. J. Saʼdullayev