Maktabgacha taʼlim tizimiga mustahkam poydevor zarur

0
263
marta koʻrilgan.

Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga koʻra inson umri davomidagi barcha maʼlumotlarning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davr oraligʻida oladi. Misol uchun, buyuk bobomiz, muhaddis olim Imom al-Buxoriy 5-6 yoshda islom ilmini chuqur oʻqib oʻrgangan.

Hazrati Navoiy 4 yoshda oʻqishni mukammal bilgan. Al-Beruniy, Al-Xorazmiy ham ular qatorida yoshlikdanoq ilm choʻqqilarini zabt etgan.

Bugunga kelib, yosh avlodni ajdodlarga munosib farzand qilib tarbiyalash maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni taʼlim sohasi rivojida yangi davrni boshlab berdi.

Mazkur tizim mutaxassislari — Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh mutaxassisi Gulbahor ParpiyevaMaktabgacha taʼlim vazirligining oziq-ovqat sifatini nazorat qilish boʻlim boshligʻi Abdurashid Sodiqov hamda bolalar psixologi Durdona Sayfullayeva bilan oʻtkazilgan stol atrofidagi davra suhbati tizimdagi oʻzgarishlar haqida boʻldi.

Tadbir «Sogʻlom avlod» gazetasi tahririyati hamda «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash  markazi bilan birgalikda oʻtkazildi. Unga  “Gʻuncha” jurnali  bosh muharriri Dilfuza Shomalikova va  “Tong yulduzi”  gazetasi  bosh muharriri Feruza Odilova taklif etildi. Davra suhbati qizgʻin kechdi.  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.