MAQSAD: BILIMLI AYOL- kelajak tayanchi!

0
438
marta koʻrilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida ayollarimizning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, ularning samarali mehnat qilishi, bilim va mahoratini oshirishi, ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etishiga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi, maʼnaviy barkamolligi koʻp jihatdan ayolga boʻlgan munosabatiga qarab belgilanadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga ustuvor ahamiyat berilayotir.

Toshkent shahar «Bilim» AKM tomonidan «Men muvaffaqiyatli ayolman» loyihasi doirasida «Bilimli ayol» kanalini taqdim etadi.
Mazkur kanal ayollarimizni hayotdagi barcha sohalar bilimiga yoʻnaltirilgan, «hayot kitobini» oʻqishni targʻib etuvchi maxsus telegramm kanali orqali  faoliyat yuritadi. Kanalda ayollarimizga xos elektron va audio kitoblar, jumladan, farzand tarbiyasi, sogʻlom turmush tarziga oid adabiyotlar, toʻgʻri ovqatlanish hamda goʻzallik sirlari, sharq tillaridagi badiiy asarlar, ularning tarjimalari joylashtirib boriladi.Bundan tashqari kitob va bilim ortidan obroʻ-eʼtibor qozongan taniqli ayollar hayotidan lavhalar, kitobxon ayollar bilan suhbatlar uyushtiriladi hamda kanalga joylashtiriladi. Kanal mundarijasi va mazmuni nihoyatda rang-barang hamda qiziqarli boʻlishi kutilmoqda. Unda ayollarning kitobxonlik bilan bogʻliq koʻplab sahifalar, videoroliklar, ruknlar, tanlovlar, viktorinalar, oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Siz aziz, qadrdon ayollar kanalga ulanishingizni va hozirgi zamonaviy til bilan aytganda, mutolaaga mehr qoʻyishingizni istaymiz! Chunki bilimli ayol, ilmli, mushohadali ona mamlakatimiz kelajagi boʻlgan bolalarning tarbiyalovchisi, birinchi ustozi, maslahatgoʻyi!

Bu masalada  GUJUM> UZ  ‘sayti bilan  hamkorlik qilishni ham kelishib oldik.

Hafizaxon KARIMOVA, Toshkent shahar «Bilim» AKM  rahbari

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.