Uchtepa Axborot kutubxona markazi kitobxoni Qutpiddinova Muslimaxon:
«Mening oʻgʻrigina bolam» nomi ostida jamlangan qissalar va hikoyalar oʻzbekona hayot tarzi, insonlardagi mehr-oqibat, bir-birovga qayishib yashash kabi fazilatlar qimmatli neʼmat ekanligini anglatadi. Oʻzbek xalqining necha yillardan beri meros boʻlib kelayotgan qadriyatlari ichidan mehmondoʻstlik urf-odatlari tasviriga ham oʻrin berilgan. Men bu kitobni oʻqir ekanman, tinch kunlarimizga shukronalik va oʻzbekona bagʻri kenglikka tasanno aytdim.
Aziz kitobxonlar bu kitobni oʻqishga ulgurmagan boʻlsangiz, albatta oʻqib chiqishingizni tavsiya qilaman.