Minikutubxona – mutolaa madaniyatini yuksaltirishning yangi usuli

0
271
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar “Sogʻlom ona va sogʻlom bola” nodavlat notijorat tashkilotining ”Kitobxon mahalla yohud ochiq osmon ostida QR kodli mini kutubxona“ grantining yakuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir  joriy yilning 27 sentyabr kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi majlislar zalida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi xodimlari,  markaz hamkorlari – Tong yulduzi”, “Gulxan” “Gʻuncha” gazeta va jurnallari ijodiy jamoasi, Yakkasaroy tuman Yunus Rajabiy nomidagi MFY faollari hamda “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassis va foydalanuvchilari, markazning volontyorlari hamda «Yoshlik» telekanalining ijodiy guruhi ishtirok etishdi.

Toshkent shahar “Sogʻlom ona va sogʻlom bola” markazi va GUJUM.UZ  sayti rahbari,  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova tadbirni kirish soʻzi bilan ochib, “Kitobxon mahalla yohud ochiq osmon ostida QR kodli mini kutubxona” grantining mazmun-mohiyati va uning samaralari haqida gapirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bosh mutaxassisi, shoir va tarjimon Muhiddin Omon  ochiq osmon ostidagi minikutubxona davlat tashkilotlari bilan  nodavlat notijorat   tashkilotlarining hamkorligi samarasi ekanligi va u mutola madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshishi haqida gapirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Nodira Karimova NNT lar faoliyatida ayollar oʻrni  haqida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Hayotxon Qoʻchqorova “Davlat grantlari davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligining asosidir” mavzusida gapirib, davlat tomonidan ajratilayotgan grantlar haqida yigʻilganlarga atroflicha tushuncha berdi.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari Dilshod Mirzayev yangi Oʻzbekiston-yangi islohotlar davrida  fuqarolik jamiyati institutlariga  boʻlgan eʼtibor kuchayganligini  misollar asosida sharhlab berdi.

Toshkent shahar “Bilim” axborot- kutubxona markazi elektron resurslardan foydalanish va oʻquv zallari xizmati rahbari Muxayyo  Inoyatova “Mutolaa madaniyati — yurt kelajagi” mavzusida gapirar ekan, bugungi kunda kutubxonadagi mavjud kitoblar, kitobxonlar soni, ziyo maskanida boʻlib oʻtayotgan turli hil mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda markaz bilan hamkorlik masalasida   gapirdi.

Shundan keyin “Sogʻlom ona va sogʻlom bola” nodavlat notijorat tashkilotining besh yillik faoliyatiga bagʻishlangan videotasma namoyishida davlat tomonidan ajratilgan grantlarnining samarasi yaqqol aks ettirildi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri, “Sogʻlom ona va sogʻlom bola” markazi volontyorlari Shohista Samarova hamda ushbu universitetning oʻqituvchisi pedagogika fanlari nomzodi Sayyora  Mirzayeva markaz bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar, GUJUM.UZ  saytida berilayotgan maqolalarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir soʻngida markazning GUJUM.UZ   saytida eʼlon qilgan “Ezgu niyatli bolalar” va “Yangi Oʻzbekiston — mening nigohimda” tanlovi gʻoliblari boʻlgan maktab oʻquvchilariga faxriy yorliqlar va  sovgʻalar topshirildi.

Yigʻin  tanlov gʻoliblarining dil soʻzlari hamda sheʼriy chiqishlar bilan yakunlandi.

GUJUM.UZ  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.