OAV markazimiz haqida: QR kodli mini kutubxona

0
215
marta koʻrilgan.

27-sentyabr kuni poytaxtimizdagi «Bilim» axborot-kutubxona markazida «Kitobxon mahalla yohud ochiq osmon ostida QR kodli mini kutubxona» grantining yakuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Toshkent shahar “Sogʻlom ona va sogʻlom bola” markazi boshqaruvi raisi Raʼnojon Zaripova olib bordi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat qoʻmitasi Fuqarolik jamiyati institutlari bilan ishlash va boshlangʻich tashkilot boʻlimi boshligʻi Nodira Karimova, Toshkent shahar Deputatlar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Hayotxon Qoʻchqorova va boshqalar ishtirok etib oʻz faoliyatlari va hamkorlik masalalari haqida gapirdilar. Shuningdek, ijodiy kechada faol ishtirok etgan hamda «Ezgu niyatli bolalar» va «Oʻzbekiston – mening nigohimda» tanlovi gʻoliblariga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Muhabbat Xoʻjamurodova

Manbaa: «Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati:
t.me/online_journal_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.