Oila madaniyati – yurt tinchligi

0
821
marta koʻrilgan.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasida Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” ayollar va yoshlar markazining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida ”Oila madaniyati – yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” koʻchma klubining dastlabki tadbiri iyun oyida boʻlib oʻtdi.

Unda yuridik fanlari doktori Farruxa Muhiddinova ”Onalik va bolalik davlat himoyasida” mavzuida gapirdi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, zahiradagi polkovnik Soraxon Axmedova har bir oilaga kundalik faoliyatida zarur boʻladigan “Oila” kodeksini sharhlab berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Qonstitutsiyasi asosida “Oʻz huquqingizni bilasizmi” mavzuida tayyorlangan savolnomalar tinglovchilarga tarqatildi. Ushbu savollarga tinglovchilar tomonidan berilgan oilaviy javoblar Markazning saydida “Oʻz huquqingizni bilasizmi” rukni bilan berib boriladi. Malakali javob bergan oilalar loyiha yakunida(loyiha bir yillik) taqdirlanadi. Bu tadbir tinglovchilarning huquqiy bilimini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshadi.

Ikkinchi yoʻnalish oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bagʻishlandi. Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova “Kitob tafakkur xazinasi” mavzuda muloqot qildi. Oʻzining hamda oila aʼzolarining mualliflik kitoblaridan va shaxsiy kutubxonasidan 25 tasini mahalla kutubxonasiga sovgʻa qildi. Shuningdek, “Gʻuncha” jurnali tahririyati bosh muharriri Dilfuza Shomalikova va “Sogʻlom avlod” gazetasi bosh muharriri Faxriddin Hayitov nomidan tadbir qatnashchilariga oilaviy mutola uchun gazeta va jurnallar hamda mutola madaniyati aks etgan jurnalning yil taqvimi tarqatildi. Ulardan yangi tashkil etilgan mahalla kutubxonasiga ham armugʻon qilindi.

Tadbir soʻngida markaz aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot sanitariya birlashmasining 1-Markaziy poliklinikasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan, hojilarning salomatligini kuzatuvchi sifatida haj va umra ziyoratiga xizmat safari bilan bir necha marta borgan tabarruk onaxon Raximaxon opa Zokirova va “Chinobod” sanatoriyasi vrachi, oliy toifali vrach Xolida Ochilova tadbir qatnashchilarining savollariga javob berib, tibbiy maslahatlar berishdi. Xolida Ochilova oʻzi yozgan ona yurt neʼmati boʻlmish dorivor giyohlar va sabzovotlarning shifobaxsh xususiyati haqidagi turkum kitoblarini tadbir qatnashchilariga va mahalla kutubxonasiga argʻumon qildi.

J. Saʼdullayev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.