Uchtepa Axborot-kutubxona markazida YUNYeSKO tomonidan belgilangan 23-aprel «Xalqaro kitob va kitob muallifliklarini ximoya qilish kuni» munosabati bilan kitobxonlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, 2004-2010-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlik maqomida faoliyat yuritgan, hozirgi kunda “Sogʻlom ona va bola” markazi GUJUM. UZ elektron gazetasi rahbari Raʼno Zaripova muallifligidagi «Ona yurting -oltin beshiging» nomli kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda muallif mutolaa madaniyatining hayotdagi oʻrni, yangi mualliflik kitobining yaratilish sabablari, jurnalistika sanʼati xususida gapirdi.
Taqdimotda qatnashayotgan kitobxon oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga kitob muallifidan javoblar olishdi. Oʻz navbatida muallif ham donolar bellashuvini tashkil etdi. Faol qatnashgan oʻkuvchilarga “Tafakkur qanoti” nashriyotining kitoblarini armugʻon qildi.
Tadbirda «Gʻuncha» jurnalining bosh muharriri Dilfuza Shomalikova ustozi Raʼno Zaripovaning mualliflik kitobi, mutolaa madaniyatida «Gʻuncha» jurnalining oʻrni haqida gapirdi.
«Akmal Ziyo» nashriyoti hamkorligida «Kitoblar karvoni» nomli kitob yarmirkasi tashkil etilgani ziyoga intiluvchilarni xushnid etdi.
Barchinoy Xodjayeva, Uchtepa tuman axborot kutubxona markazi direktori