Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Yu.Rajabiy nomidagi mahallasida «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab “Oʻzbekiston Bayrogʻi xalqimiz va yurtimizning buguni va kelajagining koʻzgusi!» mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mahalla ahli va 91-sonli maktabning oltinchi sinf oʻquvchilari ishtirok qilishdi.
Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ulugʻbek Hakimov xalq farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqagina gapirib, tadbirni boshlab berdi.
Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” markazi va GUJUM. UZ sayti rahbari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova mustaqil Oʻzbekiston bayrogʻi qabul qilingan kun bilan yigʻilish ishtirokchilarini tabriklab, davlatimiz ramzi – bayrogʻimiz ostida mustaqillik yillarida erishib kelinayotgan yutuqlar, bugungi Oʻzbekistonning rivojlanish istiqbollari va unda yoshlarning oʻrni haqida gapirdi.
Bugungi musaffo osmonimiz, dunyo hamjamiyatida oʻzimizga xos mavqega ega boʻlishimiz va eng asosiysi oʻz ona tilimizda emin – erkin soʻzlashishimiz, oʻz takdirimizni oʻzimiz belgilashimiz, kuhna tariximiz, boy merosimiz, mukaddas dinimizni, urf odatlarimizning kayta tiklanishi mustaqilligimizning eng katta inomlaridan ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, bu yil chop etilgan “Tarjima sanʼati va tarjimon mahorati” kitobini mahalla kutubxonasiga armugʻon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimova oʻz soʻzida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning ulugʻvorligi, uni yanada yuksaltirish bugungi oʻquvchilar – uchinchi renessans poydevorining bunyodkorlari qoʻlida ekanligi haqida gapirdi.
Shuningdek shoira Sharifa Salimova bayrogʻimiz Vatan Mustaqilligining ramzi ekanligini, ushbu buyuk nematga erishish yoʻli murakkab boʻlgani, bu xalqimizning asriy orzusi ekanligi, Oʻzbekistonni ozod, obod yurt sifatida koʻrish niyatida kanchadan- kancha ziyoli, mard, vatanparvar bobolarimiz, momolarimiz shahid boʻlganini eslash ham karz ham farzligini taʼkidladi.
Shoira bolajonlarga durkun, sogʻlom orzulari moʻl, yurt bayrogʻini jahon arenalarida baland koʻtaradigan farzandlar boʻlib oʻsib ulgʻayaverishida ezgu tilaklar bildirib, oʻz sheʼrlaridan oʻqib berdi. Oʻquvchilar ham shoiraning sheʼrlarini yodlab, ifodali oʻqib ishtirokchilarni xushnud qilishdi.
Yigʻilish qizgʻin davra suhbati – sheʼrxonlik va qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi.
Shoira yangi chiqqan kitobini mahalla kutubxonasiga sovgʻa qildi.
Tadbir soʻnggida shoira Sharifa Salimova “Sogʻlom ona va bola” markazi tomonidan mahallaning bolalar maydonchasida tashkil etilgan minikutubxonani borib koʻrdi va ochiq osmon ostidagi jajji ziyo maskaniga oʻzining mualliflik kitoblarini qoʻydi.
GUJUM.UZ